Zulfiyaxonimning xayoti va ijodi haqida adabiy tadbir bo'lib o'tdi.
Nafaqat oʻz she'rlari, balki butun hayoti bilan oʻzbek ayolining ma'naviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoiramiz Zulfiyaxonimni fidoyi insonlar qatoriga qo'shaman. Uning jahon minbarlaridan yangragan she'rlari Sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab sheʼriyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatda saboq bergan desak mubolagʻa boʻlmaydi. O'z xalqi va Vataniga mehr- muhabbat bilan toʻlib toshgan, dunyodan ezgulik va go'zallik izlab yashagan, togʻdek bardoshi bilan vafo va sadoqat ramziga aylangan Zulfiya opa singari ayollar har qanday yuksak hurmat va ehtiromga munosibdir. I.Karimov. Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch asaridan. Gʻallaorol tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 58-maktabda tashkil etilgan adabiy tadbir aynan ana shu ruhda oʻtkazildi. Oʻquvchilar tomonidan shoiraning hayot va ijodidan, she'rlaridan namunalar oʻqishdi.
Websayt (https://gallaorolakm.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100093372425193&mibextid=ZbWKwL) | Telegram (https://t.me/GallaorolTAKM2023) | Instagram (https://www.instagram.com/gallaoroltumanakm?igsh=a3dkcXBkMDE4N2t4) | Youtube (https://youtube.com/@GallaoroltumanAKM?si=D8q5bmaPrqed2tzY) |