“Ziyolilar ovozi” loyihasi doirasida o‘quv-trening o‘tkazildi

Bugun, 7-oktabr kuni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyati bo‘limida “Ziyolilar ovozi” loyihasi doirasida “Media-savodxonlik, sun’iy intellekt, raqamli kommunikatsiya, SMM va media faollik” mavzusida o‘quv-trening tashkil etildi.
⭕️Trening davomida ishtirokchilarga zamonaviy media vositalaridan samarali foydalanish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, raqamli kommunikatsiyani rivojlantirish hamda SMM yo‘nalishida amaliy ko‘nikmalar berildi.
⭕️Treningning asosiy maqsadi — ziyolilarning media va raqamli savodxonligini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.