Yoz_oʻtmoqda_soz


Bugun Kamolot bolalar yozgi sogʻlomlashtirish oromgohida tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Ranglarda aks etgan orzular” nomli erkin mavzudagi rasmlar tanlovi oʻtkazildi.
🌈Tanlov davomida bolalar oʻz qiziqishlari, orzu-umidlari, tabiat manzaralari, oilasi, sevimli mashgʻulotlari hamda tasavvurlaridagi turli obrazlarni qogʻozga tushirdilar.
📚Tadbirning asosiy maqsadi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni sanʼatga oshno etish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish hamda erkin fikrlash va tasavvur qilish koʻnikmalarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat boʻldi.
Tanlov yakunida faol ishtirok etgan bolalar eʼtirof etilib, ularga esdalik sovgʻalari va ragʻbatlantiruvchi sovrinlar topshirildi.