Yoshlar_oyligi -Payshanba Yoshlar kuni
Bugun payshanba - Yoshlar kuni munosabati bilan tuman axborot-kutubxona markazida “Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi Oʻzbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda tuman adliya boʻlimining masʼul xodimi A. Axtamov hamda kitobxon oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida A. Axtamov o‘z nutqida Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida yoshlarning oʻrni va masʼuliyati, ilm-fan va mehnatning inson hayotidagi beqiyos ahamiyati haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, u ilm va mehnat uygʻunligi har qanday qiyinchilikni yengib oʻtishning eng ishonchli yoʻli ekanini alohida taʼkidlab, yoshlarni bilim olishga, Vatanga sadoqat va fidoyilik ruhida kamol topishga chorladi.
Tadbir qizgʻin savol-javoblar va mazmunli muloqotlar ruhida oʻtdi.