Yoshlar_kuni
Har payshanba "Yoshlar kuni" munosabati bilan joylarda yoshlar bilan turli uchrashuvlar, davra suhbatlari va sayyor qabullar o'tkazilmoqda.
Shunga ko'ra, bugun 12-mart kuni tumandagi 15-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida yoshlar kuni munosabati bilan kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–9-son qarori ijrosi yuzasidan hamda davlatimiz Prezidentining joriy yilning 24-fevral kuni mamlakatimiz yoshlari bilan oʻtkazilgan ochiq muloqotida koʻrilgan kitobxonlik tashabbuslari haqida yoshlarga ma'lumotlar berildi.