Yosh kitobxonlar

Yosh kitobxonlar
“Dunyo shodliklari yig‘ilsa birdan, bola kulgusiga teng kelolmas hech ham.”
G‘allaorol tumani Axborot-kutubxona markazi 24-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Yosh kitobxonlar” loyihasi doirasida navbatdagi mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
📖 Beg‘ubor kichkintoylar bu galgi mashg‘ulot davomida bir-birlari bilan do‘stlashib, turli o‘yinlar o‘ynadilar va quvonchli onlarni birgalikda baham ko‘rdilar.
✨ Shuningdek, ular bilan “Sholg‘om” ertagi orqali sehrli ertaklar olamiga sayohat qilindi. Ularning sho‘x va samimiy kulgulari o‘zgacha fayz va quvonch bag‘ishladi.