"XOTIRA CHIROGʻI MANGU OʻCHMAYDI"
9-may Xotira va qadirlash kuni munosabati bilan 8-may kuni Gʻallaorol tuman Xotira xiyoboni bayramona bezatildi.Tadbirni tumanimiz hokimi J. Oqboyev ochib berdi va oʻz hurmat extiromini isxor qilish maqsadida ona haykal poyiga guldasta qoʻyishni boshlab berdi. Tadbirda tumanimizdagi barcha tashkilotlardan vakillar qatnashdilar va ona haykal poyiga guldastalar qoʻydilar. Gʻallaorol tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari xam ushbu tadbirda ishtirok etdi. Ona haykal poyiga guldasta qoʻyib Vatanimiz tinchligi uchun kurashgan va jon fido qilgan vatandoshlarimiz ruhlariga hurmat extirom isxor qildilar. Tadbir davomida koʻplab maktab oʻquvchilari va maktabgacha taʼlim tarbiyalanuvchilari xotira xiyobonini ziyorat qildilar.