XAVFSIZ VA SOGʻLOM YURT OYLIGI

G‘allaorol tuman axborot-kutubxona markazida “INFOLIB–O‘ZBEKISTON 2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida, shuningdek, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi munosabati bilan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda Jizzax viloyati Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi G‘allaorol bekat boshlig‘i, mayor Laziz Norqo‘ziyev, post-patrul inspektorlari R. Otamurodov va M. Rahmatullayev, G‘allaorol temir yo‘l bekati boshlig‘i o‘rinbosari O. Xotamovlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida transport vositalarida xavfsizlikni ta’minlash, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, temir yo‘l hududlarida belgilangan xavfsizlik talablariga amal qilish hamda yo‘llarda o‘zimiz va atrofdagilar hayotini asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.