🌷 USTOZGA EHTIROM 🌷


Ustoz — qalblarga ilm va ma’rifat nurini sochuvchi, kelajak avlodga yo‘l ko‘rsatuvchi ulug‘ zotdir. Ularning zahmatli mehnati, hayotiy tajribasi va bebaho saboqlari doimo e’zozga loyiq.
📚 “Ustozga ehtirom” tadbiri doirasida tumanimizning faxriy ustozlari taklif etilib, ularning sharafli mehnat yo‘li va hayotiy tajribalari yuksak ehtirom bilan tilga olindi.
🎭 Tadbirda madaniyat xodimlari ham faol ishtirok etib, ustozlarga bo‘lgan chuqur hurmat va samimiy minnatdorliklarini namoyon etdilar.
💐 Aziz ustozlar! Siz bergan ta’lim — kelajak sari yo‘l, siz qoldirgan iz — avlodlar qalbidagi abadiy xotiradir!
Ustozga hurmat — millatga hurmat! 🌿