"UMUMMILLIY DIKTANT” LOYIHASI DOIRASIDA DIKTANT O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-308-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 12-oktabr kuni G‘allaorol tuman Axborot-kutubxona markazida xodimlar o‘rtasida “Umummilliy diktant” loyihasi doirasida diktant o‘tkazildi.Unda
G‘allaorol tumani Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari Sharofat Safarova hamda Axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdilar. Diktantni belgilangan tartib asosida olish orqali xodimlarning davlat tilida savodli yozish ko‘nikmalari va imlo savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.
Mazkur loyiha ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yuksaltirish, davlat tilining nufuzini oshirish hamda yozma nutq madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ona tiliga ehtirom — millatga ehtirom! 🇺🇿📚