UCH AVLOD UCHRASHUVI


Bugun Gʻallaorol tuman maʼnaviyat -maʼrifat boʻlimi hamda Axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Mustaqilligining 33 yilligi oldidan ʼʼBiz bir boʻlsak -yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmizʼʼ shiori ostida Qoʻytosh shaharchasida ʼʼUch avlod uchrashuviʼʼ loyihasi boʻylab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Toshkent shahridan tashrif buyurgan sanʼatkorlar,xalqimiz sevgan yozuvchilar, shoir hamda kino aktyorlar Qoʼytosh shaharchasida istiqomat qiluvchi Yetti yoshdan Yetmish yoshgacha boʻlgan tadbir ishtirokchilari qatnashdi.