🌿 TABIATNI ASRASH — HAR BIRIMIZNING BURCHIMIZ!

G‘allaorol tuman axborot-kutubxona markazida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirokida "Tabiatni asraylik" mavzusida ijodiy rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. 🎨
O‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida ona tabiatga daxldorlik hissini uyg‘otish, atrof-muhitni muhofaza qilish madaniyatini shakllantirish va bolajonlarning badiiy mahoratini qo‘llab-quvvatlashdir.
Tanlov davomida o‘quvchilar o‘z tasavvurlaridagi musaffo osmon, yashil bog‘lar va tabiat go‘zalligini qog‘ozga tushirdilar. Har bir chizilgan rasmda tabiatni asrashga bo‘lgan chaqiriq va bolalarcha begubor nigoh aks etdi.
Tadbir yakunida o‘quvchilarga dunyoqarashini boyituvchi qiziqarli kitoblar sovg‘a qilindi. Bu kabi tadbirlar yoshlarni ham tabiatga, ham mutolaaga bo‘lgan muhabbatini oshirishga xizmat qiladi.