ONA TILIMIZ — MILLIY G‘URURIMIZ VA MA’NAVIYATIMIZ TIMSOLI
Gʻallaorol_tumani
ONA TILIMIZ — MILLIY G‘URURIMIZ VA MA’NAVIYATIMIZ TIMSOLI
G‘allaorol tumanida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida iste’dodli yoshlar, san’atkorlar va ijodkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar hamda badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ishtirokchilar o‘z chiqishlari orqali ona tilimizning betakror jozibasi, boy imkoniyatlari va milliy qadriyatlarimizni ifoda etishdagi beqiyos o‘rnini tarannum etdilar.
Ta’kidlash joizki, ona tili — milliy o‘zligimiz, tarixiy xotiramiz, ma’naviyatimiz va g‘ururimizning mustahkam poydevoridir. Davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yuksaltirish, uning nufuzini oshirish, boy va betakror imkoniyatlarini keng targ‘ib etish, ayniqsa, yosh avlod qalbida ona tiliga mehr va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ona tilimizni asrab-avaylash, uni qadrlash, rivojlantirish va kelajak avlodlarga sof holda yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir. Zero, tilga ehtirom — millatga ehtirom, ona tiliga muhabbat esa Vatanga muhabbatning yorqin ifodasidir.