ONA TILIM — FAXRIM, G‘URURIM!


G‘allaorol tumani Axborot-kutubxona markazida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tuman hududlaridagi kitobxon yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbir tuman hokimining davlat tilida ish yuritish bo‘yicha maslahatchisi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi G‘allaorol tuman bo‘linmasi, Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi huzuridagi yoshlar guruhi a’zosi hamda tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘zbek tilining milliy o‘zligimiz va ma’naviy qadriyatlarimizni ifoda etishdagi o‘rni, ona tilimizni asrab-avaylash, uning nufuzini yuksaltirish hamda yoshlar o‘rtasida tilga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, kitobxon yoshlar bilan ona tilining boy imkoniyatlari, adabiy merosimiz va kitobxonlik madaniyatining ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
Zero, ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviyatimiz va o‘zligimiz timsolidir. Uni e’zozlash, rivojlantirish va kelajak avlodlarga munosib yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.
Ona tilimiz — millatimiz faxri, g‘ururi va bebaho ma’naviy boyligidir!