Oilada kitobxonlik
📌 Kitob- inson tafakkurining eng buyuk kashfiyoti, Ona-hayotimizning eng buyuk sovg'asi.
Shu ikki so'z-ona va kitob- har bir farzand tarbiyasining poydevoridir.
🔹G'allaorol tumani axborot-kutubxona markazining Samarqand mfy da tashkil etilgan ko‘chma kutubxonada "Oilada kitobxonlik" mavzusida davra suhbati bòlib o'tdi.
🔹Onalarimiz o'zlari o'qigan kitoblardan so'zlab berdilar.
🔹Bugungi davra suhbatidan ko'zlangan maqsad - kitob o'qish madaniyatini yanada oshirish, onalarimiz o'qigan kitoblaridan o'rnak olish, farzandlar qalbiga ilm va ma'naviyat urug'ini sochishdir