Ochiq_Osmon_Ostida_Kutubxona

📆Joriy yilning 3-iyul kuni G'allaorol tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Kitobxonlar klubi ishtirokchilari bilan "Kitob – avlodlarni bog‘lovchi ma'naviyat ko‘prigi" mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📚 Ko‘rgazmada badiiy adabiyotlar, bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar, hamda kutubxona fondiga yangi kelib tushgan adabiyotlar namoyish etildi. Tashrif buyurgan kitobxonlarga taqdim etilgan adabiyotlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumot berilib, ayniqsa yangi kelgan kitoblar bilan yaqindan tanishtirildi hamda ularni mutolaa qilish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
Mazkur ko‘rgazmaning maqsadi aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob mutolaasini keng targ‘ib etish hamda kitobni ma'naviy kamolot, ilm-ma'rifat va avlodlar o‘rtasidagi ma'naviy bog‘liqlikni mustahkamlovchi bebaho qadriyat sifatida e'tirof etishga xizmat qilishdan iborat.