Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad tavallud kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
.jpg)
Said Ahmad 1920-yil 10-iyun kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.
U oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri boʻlib, hikoya, qissa, roman va dramalari bilan kitobxonlar mehrini qozongan.
Adibning asarlarida insoniylik, mehr-oqibat, vatanparvarlik va milliy qadriyatlar chuqur aks etgan.
Yozuvchining “Ufq” trilogiyasi, “Jimjitlik”, “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, “Hukm” kabi asarlari oʻzbek adabiyotining nodir namunalaridan hisoblanadi. Ayniqsa, “Kelinlar qoʻzgʻoloni” komediyasi sahna asari sifatida katta shuhrat qozongan.
Davra suhbatida ishtirokchilar Said Ahmadning ijodiy merosi, uning asarlarida ilgari surilgan gʻoyalar hamda bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.