“O'zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
📆 Joriy yilning 21-aprel kuni Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan Yunus Rajabiy nomidagi musiqali drama teatrida “O'zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
📌Tadbirni Jizzax viloyat hokim o'rinbosari A. Savurbayev ochib berdi, so'ngra Ma'naviyat ma'rifat markazi bo‘limi rahbari I.Umarova va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘lim rahbari Mehribon Abdurahmonovalar so'zga chiqib jamiyatda kitobning ro'li qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini takidlab o'tdilar.
Tadbirda G'allaorol tumani
Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etishdi.