Oʻzbekiston kitobxonlar yurti
Oʻzbekiston kitobxonlar yurti
📚 Joriy yilning 8-oktyabr kuni Gʻallaorol tuman mahalla markazida oila va xotin-qizlar boʻlimi bilan hamkorlikda yoshlar, xususan, boʻlajak oilalar ishtirokida "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda kitobxonlikning ahamiyati" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tuman FHDY bo'limi, "Oqila ayollar" harakati, "Buvijonlar" maktabi rahbarlari, oila qurish arafasida turgan yigit-qizlar, psixologlar va kutubxona xodimlari qatnashdi.
Suhbat davomida kitob oʻqishning oilaviy munosabatlar, bolalarning tarbiyasi hamda maʼnaviy muhitni boyitishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi.
Kitob oʻqish orqali insonda sabr-toqat, mehr-oqibat, o‘zaro tushunish va muloqot madaniyati shakllanishi haqida maʼlumot berildi.
Davra suhbati savol-javoblar va kitoblar tavsiyasi bilan yanada jonlanib, ishtirokchilarga oilaviy kitobxonlik bo‘yicha tavsiyalar berildi.