📖“O‘gay taqdir” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
📖“O‘gay taqdir” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
G‘allaorol tumanidagi “Yoshlar markazi” tadbirlar zalida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari Iqboloy Umarova qalamiga mansub “O‘gay taqdir” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida muallif o‘zining ijod yo‘li, asarning yaratilish tarixi hamda kitobning mazmun-mohiyati haqida atroflicha so‘z yuritdi. Uchrashuv savol-javoblarga oy, samimiy va mazmunli ruhda o‘tdi. Kitobsevarlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Mazkur taqdimot ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi hamda mutolaa madaniyatini targ‘ib etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.