Milliy kutubxona haftaligi doirasida navbatdagi tadbir — “Birinchi muallim” asari taqdimoti.
📚 Milliy kutubxona haftaligi doirasida navbatdagi tadbir — “Birinchi muallim” asari taqdimoti.
2025-yil 14-noyabr kuni G‘allaorol MG‘QBda tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikdа “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida yirik adib Chingiz Aytmatovning “Birinchi muallim” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan Milliy kutubxona haftaligi munosabati bilan hududlarda kitobxonlikni rivojlantirishgа qaratilgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom etmoqda.
Tadbir davomida asar mazmuni, qahramonlar xarakteri ва uning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati yuzasidan fikr almashindi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun qiziqarli viktorina savol-javoblari tashkil etilib, tadbir samimiy va ochiq ruhda o’tdi.
Ushbu taqdimot kitob o‘qish madaniyatini yanada oshirish, badiiy asarning inson tafakkuri va ma’naviy dunyosiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’sirini namayon etdi.