Mening Konstitutsiyam. Bosh Qomusimiz 33 yosh


Mening Konstitutsiyam. Bosh Qomusimiz 33 yosh
🇺🇿8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni!
Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!
Joriy yilning 2-dekabr kuni tumandagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston ekologik partiyasi tuman Kengashi rahbari B.Jumaboyeva, tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi M. Xaydarova hamda maktab pedagogik jamoasi va oʻquvchilar ishtirok etdi.
Dastur doirasida o‘quvchilar tomonidan Konstitutsiya va Vatanga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna koʻrinishlari namoyish qilindi. Shuningdek, mazkur sana ahamiyatiga oid videoroliklar namoyish etildi.