Mehr kutubxonasi
📚 Joriy yil davomida tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan imkoniyati cheklangan kitobxonlar holidan muntazam xabar olinmoqda.
Navbatdagi tashrif davomida imkoniyati cheklangan kitobxon bilan suhbat o‘tkazilib, unga ijtimoiy-ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi. Suhbat jarayonida uning ehtiyojlari o‘rganilib, zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, kitobxonning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishi qo‘llab-quvvatlanib, unga kitoblar tavsiya etildi. Kelgusida ham bunday ezgu ishlarni davom ettirish, kitobxonlar bilan doimiy aloqada bo‘lish rejalashtirilgan.