Mazmunli ta'til

Mazmunli ta'til
Bugun, 5-yanvar kuni tuman axborot-kutubxona markazida oʻquvchilarning qishki taʼtil kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida kitobxonlar ishtirokida “Kitob — bilim bulogʻi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
📚 Tadbir davomida kitob mutolaasining inson tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati, yosh avlodni maʼnaviy barkamol etib tarbiyalashdagi oʻrni haqida atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, ishtirokchilar oʻzlari sevib mutolaa qilayotgan asarlar haqida soʻz yuritib, qiziqarli mulohazalar bildirishdi.
Tadbir yakunida kitobxonlarga mutolaa etishga turli kitoblardan tavsiyalar berildi.