Malaka oshirish o'quv kursi tashkil etildi.
📚 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Respublika axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan navbatdagi “Elektron kutubxona maʼlumotlar bazasini shakllantirish va foydalanish asoslari” 40 soatlik o’quv kursi joriy yilning 7-apreldan 11-aprel kuniga qadar Jizzax shahri Sh.Rashidov nomidagi axborot-kutubxona markazida sayyor o’quv kurslari tashkil etildi va kurs so'ngida hodimlar sertifikat bilan taqdirlandi. 📚 Mazkur kursga Jizzax viloyat hamda tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tashrif buyurishdi. Mazkur o’quv kursida tinglovchilarning kasbiy mahoratini yanada oshirish, ularga sohadagi yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga ko‘maklashish orqali kutubxonalar faoliyatining samaradorligini hamda foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish sifati, tezkorligini oshirish maqsad qilib olingan.