📚 Madaniyat va ma’rifat kechasi
Madaniyat markazida buyuk mutafakkir va shoirlar — Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Navoiy va Bobur ijodiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada ulug‘ ajdodlarimizning boy adabiy merosi, tarixiy asarlari va ular haqidagi adabiyotlar namoyish qilindi.
Mazkur tadbirda keng jamoatchilik, barcha hamyurtlar faol ishtirok etib, milliy adabiyotimiz va ma’naviy merosimizga bo‘lgan hurmat-e’tibor yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Buyuk ajdodlar merosi — qalblarimizda mangu!