"MA'RIFAT ULASHIB” NOMLI MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR O'TKAZILDI
G‘allaorol tumanidagi 26-umumta’lim maktabida “Ma’rifat ulashib” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda kutubxona xodimlari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar. Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish va yosh avlodni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir ishtirokchilari ma’rifat va kitobxonlikning inson kamolotidagi o‘rni haqida fikr almashib, yoshlarni ilm olishga, mutolaa qilishga va ma’naviy barkamollikka intilishga chorladilar.