Ma’naviy – ma’rifiy sohani tizimli yo‘lga qo‘yish yo‘nalishida sayyor qabul o‘tkazildi

G‘allaorol tumanida Ma’naviy – ma’rifiy sohani tizimli yo‘lga qo‘yish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari I.Umarovaning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda qatnashchilar tomonidan tumanning olis hududlaridan bo‘lgan Jiydali mahallasida tashkil etilgan o‘quv markazini kitob fondi bilan boyitish, tumandagi ma’rifat targ‘ibotchilarini targ‘ibot vositalari bilan ta’minlash, tuman Axborot kutubxona markazi kitob fondini ko‘paytirish, mahallalarda tashkil qilingan ma’rifat targ‘ibotchilari faoliyatini yanada yaxshilash va sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Bildirilgan murojaatlarning aksariyat qismi o‘z joyida hal etilib, muddat talab etadigan murojaatlar ijrosi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi tomonidan nazoratga olindi.