Kutubxonaga sayohat


Kutubxonada kitobxon yoshlar ishtirokida “Kutubxonaga sayohat va suhbat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati, yangi adabiyotlar hamda zamonaviy axborot-resurs xizmatlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, yoshlarni kitobxonlik madaniyatiga jalb etish, mutolaaning inson ma’naviyatidagi o‘rni hamda kitobning hayotdagi ahamiyati yuzasidan mazmunli suhbat olib borildi. Ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalari bilan faol qatnashib, kitobxonlikning foydali jihatlari haqida fikr almashdilar.