Kutubxonaga_sayohat

G'allaorol tuman axborot-kutubxona markazi.
Bugun Respublika VI "Kitobxonlik haftaligi" munosabati bilan kutubxonamizda Kindir club MTT kichik guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Kitob bilan baxtli bolalik” mavzusida davra suhbati hamda qiziqarli ekskursiya tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlarga kitob mutolaasining inson tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi beqiyos o‘rni haqida tushunchalar berildi. Ularning yoshiga mos tarzda kitobga mehr uyg‘otish, o‘qishga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, kutubxona imkoniyatlari, mavjud adabiyotlar hamda ulardan samarali foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Davra suhbati davomida bolalar yod olgan she'rlaridan aytib berishdi, sevimli ertaklari va qahramonlari haqida soʻzlab berdilar.