Kutubxonaga sayohat


Kutubxona sayohati — bu bilim va ma’naviyat olamiga qiziqarli safardir. Sayohat davomida kitobxon yoshlar turli janrdagi kitoblar bilan tanishib, o‘z bilimlarini boyitadilar. Kutubxona xodimlari esa ularga kitob tanlashda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, foydali tavsiyalar beradilar.
Bunday sayohatlar o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan mehrni oshiradi, mustaqil fikrlash va izlanishga undaydi. Har bir kitob — yangi dunyo eshigi ekanligini anglagan yoshlar, kelajakda bilimli va ma’rifatli insonlar bo‘lib yetishadilar.