Kutubxonaga sayohat


Gʻallaorol tuman axborot- kutubxona markaziga IIBning axloq tuzatish kalonyasida bo'lgan fuqarolarga "Kitob bilimlar xazinasi" mavzusida sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida fuqarolarga kutubxona haqida va kutubxona fondidan foydalanish qoidalari haqida maʼlumot berildi, kitobxonlar oʻzlarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishib chiqdilar.
Kitob mutolaasi insonni maʼnaviy kamolot sari yetaklashini, insonni har tomonlama yetuk shaxs sifatida shakllantirishidagi oʻrni beqiyosdir.