KUTUBXONA — MA'NAVIYAT MASKANI.

"Kutubxonalar — insoniyat tarixidagi eng mustahkam va xavfsiz boshpanalardir."
Yosh avlod qalbida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularning ilm-fanga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida, bugun bir guruh faol yoshlar uchun axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar yoshlar davrasida” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu tadbir yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish hamda ularni zamonaviy ziyo maskanining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.