Konstitutsiya — farovon hayotimizning mustahkam kafolati

Konstitutsiya — farovon hayotimizning mustahkam kafolati
G‘allaorol tumani Madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir G‘allaorol tuman hokimining tuman aholisiga yo‘llagan bayram tabrigi bilan boshlandi.
Dastur davomida tumanning isteʼdodli xonandalari, milliy raqs ansambli raqqosalari, sozandalar jamoasi hamda axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Konstitutsiyamizni ulug‘lovchi she'rlar, kuy va qo‘shiqlar, milliy raqslar namoyish etildi.
Shuningdek, xalqimiz uchun kitoblar koʻrgazmasi ham tashkil etilib, kutubxonamizdagi turli ilmiy, huquqiy, badiiy va ommabop kitoblar bilan tanishtirildi.