Кòchma kutubxona
📚 Hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!
G‘allaorol tuman axborot-kutubxona markazi hamda G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘ini o‘rtasida 2026-yil davomida ko‘chma kutubxona faoliyatini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Mazkur hamkorlik orqali mahalla a’zolari va ularning oila a’zolari uchun kitobxonlikni targ‘ib etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni joylarda o‘tkazish hamda kitoblarga yanada yaqin bo‘lish imkoniyati yaratiladi.