Кòchma kutubxona
G'allaorol tumani axborot-kutubxona markazi hamda Davlat arxivi o‘rtasida ko‘chma kutubxona tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Mazkur hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar shuningdek, mahalla aholisi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat