Ko'chma kutubxonada tuman ayollari bilan "Ilmli ayol jamiyat tayanchi" mavzusida suhbat oʻtkazildi.
Axborot-kutubxona markazi mutaxassisilari "Inson ijtimoiy xizmatlar markazida tashkil qilingan ko'chma kutubxonada tuman ayollari bilan "Ilmli ayol jamiyat tayanchi" mavzusida suhbat oʻtkazildi.
Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan. Chunki ayollar va onalarimiz bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. Bugun ayol nafaqat ona, opa-singil yoki farzand, balki faol xodim, ustozdir. So‘nggi paytlarda hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan ayollarga turli darajadagi rahbarlik lavozimlarining ishonib topshirilayotgani esa ularga davlat siyosati darajasida eʼtibor, aytish joiz bo‘lsa, ehtirom ko‘rsatilayotganidan dalolat beradi.Suhbat davomida hamkorlikda tashkil etilgan ko'chma kutubxonaga yangi adabiyotlaridan eltib berildi.
Websayt (https://gallaorolakm.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576596342441) | Telegram (https://t.me/GallaorolTAKM2023) | Instagram (https://www.instagram.com/gallaoroltumanakm?igsh=a3dkcXBkMDE4N2t4) | Youtube (https://youtube.com/@GallaoroltumanAKM?si=D8q5bmaPrqed2tzY) |https://t.me/irfonli