Ko'chma kutubxona


Koʻchma kutubxona
Gʻallaorol tuman axborot- kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish xodimlari tomonidan tumandagi 25- sonli DMTT bolalar bogʻchasi tarbiyalanuvchilarga navbatdagi koʻchma kutubxona kitoblari almashtirilib, bolajonlarga "Jasur qiz", "Tilga kirgan baliq" ertaklari oʻqib eshittirildi. Bolajonlar ertaklarni maroq bilan tingladilar.
Biz xodimlarning asosiy maqsadi, ertaklar oʻqib berish orqali yosh avlodning qalbida vatanga, ota-onaga,kitobga mehr uygʻotishdir.