Ko'chma kutubxona
Joriy yilning 20-fevral kuni xalq deputatlari G'allaorol tuman Kengashi bilan hamkorlikda ko‘chma kutubxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
📚 Ushbu hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli ishlarni tashkil etish belgilandi.