"Kitobxonlik oiladan boshlanadi" mavzusida davra suhbati o'tklazildi.


“Kitob mutolaasiga havas avvalo, oiladan boshlanishi, ota-onalar farzandlarida kitob o' qishga mehr uyg’otishi uchun o‘zlari kitobxon bo ‘lishlari lozim”. Shavkat Mirziyoev
G'allaorol tuman Axborot kutubxona markazi hamda Samarqand MFY mahalla fuqarolar yig'inida "Kitobxonlik oiladan boshlanadi" mavzusida davra suhbati o'tklazildi. Tadbirda G'allaorol tumani hokimi o'rinbosari Oila va xotin - qizlar bo'limi bo'shlig'i R. Boymatova so'zga chiqdilar. Tarbiya uydan boshlanadi, oilada ota-ona kitobga mehr qo ‘ygan bo‘lsa bunday oilada farzand ham kitobga oshno bo ‘ladi, o ‘zida barkamol shaxs hislatlarini namoyon qilishga harakat qiladigan farzand bo ‘lib voyaga yetadi.
Tadbirda mahalla faollari uy bekalari va buvijonlar qatnashdilar . Farzandlari tarbiyasida kitobxonlikni o ‘rni to ‘g’risida suhbatlashildi.
Suhbat davomida Ma'naviyat -ma'rifat rahbari Safarova Sh. so'zga chiqdilar va mahalladagi faol ayollarni yurtimizda turli sohalarda erishilayotgan barcha yutuqlari haqida so‘zlab o ‘tdilar. Tadbirdan ko'zlangan maqsad xotin-qizlarimiz, ayniqsa uy bekalari orasida kitobxonlikni targ'ib qilish, kitobxon onalar sonini ko'paytirish orqali farzandlar tarbiyasini, maʻnaviyatini, madaniyatini oshirishga xizmat qilishdir.