Kitobxonlik_oiladan_boshlanadi


Ushbu loyihasining navbatdagi tadbiri Ko‘kgumbaz mahalla fuqarolar yig‘inidagi 58-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etildi.
Unda mahalla faollari, maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish, farzandlar tarbiyasida kitobning o‘rni, ota-onalarning mutolaa madaniyatini rivojlantirishdagi mas’uliyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, yosh avlodni kitobga oshno etish, ularning ma’naviy dunyosi va dunyoqarashini boyitishda oila, maktab va mahalla hamkorligining ahamiyati alohida ta’kidlandi.