📚 KITOBXONLIK OILADAN BOSHLANADI

G‘allaorol tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan yosh oilalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsadida “Yosh oilalarda kitobxonlik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, farzand tarbiyasida ota-onaning shaxsiy namunasi, oilaviy mutolaaning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Yosh oilalarga farzandlar bilan birgalikda kitob o‘qish, uy sharoitida kichik kutubxona tashkil etish va bolalarni yoshligidan kitobga mehr qo‘yishga o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida yosh oilalarni kitobxonlikka keng jalb etish, farzandlar tarbiyasida kitobning ahamiyati hamda mutolaa madaniyatini oiladan boshlab rivojlantirish zarurligi qayd etildi.
Kitobxon oila — ma’naviyatli jamiyat poydevori!