📚 “Kitobxonlik oiladan boshlanadi”

G‘allaorol tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan 73-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda mahalla nuroniylari va faxriy ustozlar ishtirok etib, kitobxonlikning oiladagi o‘rni hamda yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr bildirdilar.
Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini oiladan boshlab shakllantirish, farzandlarni yoshligidan kitobga mehr qo‘yishga o‘rgatish hamda mutolaa orqali ularning dunyoqarashini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ishtirokchilar kitobning inson hayotidagi o‘rni, oilada kitobxonlik muhitini yaratish va yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash borasida fikr almashdilar.
📖 Zero, kitobxon oila — ma’rifatli jamiyat poydevoridir!
📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Websayt | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube |