📚 KITOBXONLIK OILADAN BOSHLANADI


G‘allaorol tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi, tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari bilan birgalikda “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda faxriy ustozlar hamda mahalla faollari ishtirok etib, oilada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yosh avlodni kitobga mehr qo‘yish ruhida tarbiyalash va mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.
Zero, kitobsevarlik avvalo oiladan boshlanadi. Farzand ota-onasining kitob o‘qiyotganini ko‘rib ulg‘aysa, unda mutolaaga bo‘lgan qiziqish va intilish yanada ortadi.
Kitob o‘qigan avlod — ma’rifatli kelajak poydevori! 📖🌿
📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!👇👇👇👇
Websayt | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube |