📚 KITOBXONLIK OILADAN BOSHLANADI
📖 45-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda mahallada istiqomat qiluvchi namunali oilalarning onalari ishtirok etib, oilada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, farzandlarni kitobga mehr qo‘yishga o‘rgatish hamda mutolaa orqali yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitish haqida fikr almashdilar.
✨ Zero, kitobga mehr oiladan boshlanadi, kitobxon farzand esa yurt kelajagidir! Farzandlarimizning kitob bilan do‘st bo‘lib ulg‘ayishida ota-onalarning o‘rni beqiyosdir.
📚 Kitobxon oila — ma’rifatli jamiyat poydevori!