Kitobxonlik_haftaligi
G'allaorol tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda aholi o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida G‘allaorol tuman axborot-kutubxona markazida 2026-yil 15-aprel kuni “Sheriyat va nashr olami vakillari bilan uchrashuv” shiori ostida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
“She’riyat va nasr olami vakillari bilan uchrashuv” mavzusidagi ijodiy tadbir tashkil etilib, unda shoir va yozuvchilar, yosh ijodkorlar hamda kitobxonlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida adabiyotning o‘rni, ijodiy jarayon va kitobxonlikning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
O‘tkazilgan tadbirlar yoshlar qalbida kitobga bo‘lgan mehrni oshirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda mutolaa madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.