📚 “Kitobxon onalar” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri


G‘allaorol tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir Samarqand MFY mahallasida istiqomat qiluvchi onaxonlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida kitobxonlikning inson ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni, oilada farzandlar tarbiyasida kitobning ahamiyati hamda yosh avlodni mutolaaga qiziqtirish masalalari haqida fikr almashildi.
Ishtirokchilar kitob o‘qishning inson hayotidagi ahamiyati, kitobxonlik madaniyatini oiladan boshlab shakllantirish zarurligini ta’kidladilar.
Kitobxon ona — ma’rifatli oila, ma’rifatli kelajak poydevoridir!