Kitobxon onalar kuni
.jpg)
🌷Bugun axborot-kutubxona markazimizda har oyning 17-sanasi nishonlanadigan “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Ma'rifat ulashamiz” nomli tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘limi rahbari Sh. Safarova, “Buvijonlar maktabi” vakillari, “Oqila ayollar” harakati a'zolari hamda kitobxon onalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida oilalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlar tarbiyasida kitob o‘qishning ahamiyati, ota-onalar farzandlariga namuna bo‘lib kitob mutolaa qilishlari lozimligi hamda "Navroʻz va milliy qadriyatlar" mavzusida fikr va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, kitobxon onalar kutubxonamizning yangi binosi bilan yaqindan tanishib, ular uchun maxsus ekskursiya tashkil etildi.