KITOBXON_ONALAR_KUNI

✍️Shavkat Mirziyoyev
Tarbiya uydan boshlanadi, oilada ota-ona kitobga mehr qo’ygan bo’lsa bunday oilada farzand ham kitobga oshno bo’ladi, o’zida barkamol shaxs hislatlarini namoyon qilishga harakat qiladigan farzand bo’lib voyaga yetadi.
“Kitob mutolaasiga havas avvalo, oiladan boshlanishi, ota-onalar farzandlarida kitob o’qishga mehr uyg’otishi uchun o’zlari kitobxon bo’lishlari lozim”.
G'allaorol tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xodimlari “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan tumandagi "O'zbekiston MFY "Ko'ragoniy ko'chasida yashovchi Yunosova Hafiza xoji onamiz xonadoniga borib Tongi sabolar she'riy kitobidan she'rlarini tingladik.
Farzandlar tarbiyasida kitobxonlikni o’rni to’g’risida suhbatlashildi.
Suhbat davomida nuroniy onaxonimiz mahalladagi faol ayollarni yurtimizda turli sohalarda erishilayotgan barcha yutuqlari haqida so’zlab o’tdi. Bugungi kitobxon onaxonimiz bilan o’tkazilgan suhbat maroqli bo’lib o’tdi