Kitobxon onalar

Joriy yilning 20-aprel kuni Mulkush qishloq fuqarolar yigʻinida “Mahalla – oila – kutubxona” loyihasi doirasida onalar va qizlar ishtirokida navbatdagi “Kitobxon onalar” tadbiri boʻlib oʻtdi.
📌Mazkur tadbirda onalarning ilm-maʼrifatli boʻlishi oila mustahkamligi, farzand tarbiyasi hamda jamiyat ravnaqi uchun nihoyatda muhim omil ekani alohida taʼkidlandi.
📚Ishtirokchilar tomonidan kitob mutolaasining inson tafakkurini boyitish, maʼnaviy dunyosini yuksaltirishdagi oʻrni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
📖Shuningdek, badiiy asarlar yuzasidan savol-javoblar oʻtkazilib, faol qatnashgan ishtirokchilar ragʻbatlantirildi.